Gvardiola "Manchester Siti"dan "Real" yulduzini sotib olishni so‘ramoqda

  • 11 sentabr, 19:25
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoani kuchaytirish haqida o‘ylamoqda. Estadio Deportivo nashrining CaughtOffside’ga tayanib xabar berishicha, Gvardiola "Real" forvardi Rodrigoga qiziqishda davom etmoqda.

Tecno

Gvardiolaning fikricha, Rodrigo universalligi va boshqa jihatlari bilan o‘z o‘yin tizimiga juda mos tushadi. "Real" klubi kamida 80 million evrolik taklif bo‘lsa, braziliyalik futbolchi bo‘yicha muzokara boshlashga tayyor bo‘ladi. "Manchester Siti" uchun bunday narx muammo emas.

Rodrigo agar mavsumning birinchi qismida Madridda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lsa, yanvar oyidayoq jamoasini o‘zgartirish variantini ko‘rib chiqishi mumkin. Darvoqe, qishda braziliyalik 25 yoshga to‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!