
Gvardiola “Manchester Siti” yana bir transferni rasmiylashtirganini ma’lum qildi
Bryusselning “Anderlext” klubi himoyachisi Serxio Gomes faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettiradi. Buni “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola tasdiqladi.
“Tarkibni kuchaytirish uchun tinmay ishlayapmiz. Gomes Ispaniya yoshlar terma jamoasida o‘ynagan va etarli tajribaga ega. U biroz vaqt “Borussiya” Dortmund sharafini ham himoya qilgan. Hozir esa Vensan Kompani boshchiligidagi klubda o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqda. Biz uni "Manchester Siti"da ko‘rishni istaymiz. Ishonchim komilki, u jamoamizni kuchaytira oladi”, - deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi “Sport Bible” nashri.
21 yoshli futbolchi 2025 yilning yoziga qadar "Anderlext"da harakat qiladi. Uning transfer narxi 10 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar