Gvardiola Kanseluning kelajagi haqida gapirdi

  • 16 avgust, 2024, 22:14
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchesrter Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Joau Kanseluning kelajagi haqida fikrlarini bildirdi.

Tecno

“Joau biz bilan mashg‘ulotlarda qatnashyapti. Ko‘ramiz balki, jamoada qolar balki, yana ijaraga ketadi. Mashg‘ulotlar vaqtida bir-birimiz bilan salomlashib, suhbatlashyapmiz.

Nima bo‘lishi uning agentiga bog‘liq, biz unga boshqa o‘yinchilar kabi hurmat ko‘rsatishimiz kerak.  

U yaxshi  saviyadagi futbolchi, nima bo‘lishini ko‘ramiz endi”,- dedi Gvardiola matbuot amjumanida.

2023 yilning boshida ispaniyalik mutaxassis va portugaliyalik futbolchi o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan edi. Shundan so‘ng qanot himoyachisi ijara asosida “Bavariya” va “Barselona” safida to‘p surdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!