Gvardiola Husanovni nima sababdan zaxirada qoldirgani haqida fikr bildirdi

  • 8 fevral, 20:07
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Leyton Orient"ga qarshi (2:1) bellashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi. U marzkaiy himoya pozitsiyasida nima sababdan Reys va Diashni asosiy tarkib vakillari sifatida tanlaganiga izoh berdi.  

Ko‘pchilik "Siti" bu o‘yinda oson g‘alaba qozonishini va asosiy tarkibda jamoaga yangi kelib qo‘shilgan himoyachilar Vitor Reys va Abduqodir Husanov maydonga tushishini kutayotgandi. 

"Reja bo‘yicha Ruben Diash 45 daqiqa o‘ynashi kerak edi. Sababi, u jarohatdan endi tuzalib qaytgandi. Men yangi kelgan himoyachilar Abduqodir Husanov va Vitor Reysni asosiy tarkibda bir vaqtda maydonga tushirishni istamadim. Bu juda katta risk bo‘lardi. Men yangi kelganlarning yonida bir nafar tajribali himoyachi bo‘lishini xohladim. Jon Stounz ikkinchi taymda ajoyib o‘yin o‘tkazdi. O‘zgarishlarning sababi shu edi". 

Ma’lumot o‘rnida, Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" navbatdagi bellashuvini 11 fevral kuni Madridning "Real" klubiga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Болельщик
08/02/2025 20:44
Отанга рахмат