Gvardiola faoliyatida hali bunaqa sharmandalik bo‘lmagan

  • 22 sentabr, 06:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining beshinchi turida “Manchester Siti” safarda “Arsenal” bilan kuch sinashib, 1:1 hisobida durang natija bilan qaytdi.

Tecno

Ushbu bahsda “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola antirekord qayd etgani ma’lum bzldi.

Statistika bo‘yicha ekspertlarning ma’lum qilishicha, Londondagi bahsda Gvardiola shogirdlari o‘yin vaqtining 33 foizidagina to‘pga egalik qilgan. Bu ispaniyalik mutaxassis jamoalarining ichki chempionatdagi eng past natijasi bo‘lib chiqdi.

Bungacha Gvardiola shogirdlari 600 ta uchrashuvning birortasida bu qadar past ko‘rsatkich qayd etmagan edi.

Manchesterliklar endi navbatdagi uchrashuvni Angliya ligasi kubogi musobaqasi doirasida “Xaddersfild”ga qarshi o‘tkazadi. O‘yin 24 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!