Gvardiola debyutant jamoaga katta yordam berdi

  • 16 avgust, 2024, 20:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” o‘yinchisi Kelvin Fillips faoliyatini boshqa klubda davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

“Shaharliklar” 28 yoshli futbolchini bir mavsumga “Ipsvich” klubiga ijaraga jo‘natdi. Bu xabar rasman tasdiqlandi.

Bosh murabbiy Xosep Gvardiola ham bu variantni qo‘llab-quvvatlaganini “Ipsvich” uchun katta yordamga tenglashtirish mumkin.

Shunga qaramay, manchesterliklar Premer-liga debyutantiga Fillipsni sotib olish huquqini bermadi va mavsum yakunlanishi bilan Kelvin Manchesterga qaytadi.

Ta’kidlash joizki, keyin paytda Kelvin Fillips asosiy tarkibga kirishi qiyinlashib qolgandi. Tajribali futbolchi o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini “Vest Xem”da ijarada o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!