Gvardiola: “Biz Husanov bilan unchalik ko‘p muloqot qilamiz deb o‘ylamayman”

  • 26 fevral, 03:48
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Tottenxem”ga qarshi uchrashuvdan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi. Ispaniyalik mutaxassis milliy terma jamoamiz a’zosi Abduqodir Husanovning til bilish qobiliyatini baholab, o‘z fikrini bildirdi. 
 
"Biz uni iloji boricha ko‘proq til o‘rganishga undaymiz. Sababi, bu muloqot qilish uchun juda muhim omildir. Shuni ham ta’kidlashim joiz, u ingliz tilida to‘g‘ri gapira oladigan bo‘lsa ham, biz unchalik ko‘p muloqot qilamiz deb o‘ylamayman. Chunki Abduqodir o‘zini shunday tutadi. Shunga qaramay, 20 yoshli himoyachi o‘yinni tushunsa va nima qilishi kerakligini bilsa, bu etarli hisoblanadi" – deya ta’rif berib o‘tdi "shaharliklar" bosh murabbiyi. 
 
Eslatib o‘tamiz, manchesterliklar va “shporlar” o‘rtasidagi bellashuv bugun Toshkent vaqti bilan 00:30 da start olishi rejalashtirilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!