Gvardiola A Seriya klubini boshqaradi(mi)?!

  • 1 iyun, 2021, 12:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik mashhur mutaxassis Klaudio Raneri A Seriya klublarining evrokuboklardagi istiqbollari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Garchi Italiya jamoalari o‘tgan mavsum evrokuboklarda muvaffaqiyatli ishtirok etmagan bo‘lsada, men ularda o‘sish borligini ko‘rib turibman. Endi A Seriyada Mourino, Allegri va katta ehtimol bilan Sarri ham ishlaydi. Ushbu murabbiylar chempionatning jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi. Ishonchim komil, Gvardiola ham kelajakda A Seriya klubini boshqaradi”, - dedi Raneri.

Gvardiola ayni damda “Manchester Siti” bosh murabbiyi hisoblanadi. Uning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!