Gullit: "Barselona"ga nisbatan adolatsizlik bo‘ldi"

  • 7 may, 19:12
  • Jahongir Inomjonov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Rud Gullit "Barselona" "Inter"ga qarshi o‘yinda adolatsizlikka uchradi, deb hisoblamoqda.

Tecno

- Kubarsi va Martines bilan bo‘lgan epizodda penalti yo‘q edi.

"Inter"ning uchinchi goli esa umuman hisobga olinmasligi kerak edi - goldan oldin qoida buzilgandi.

Dumfris gavdasini qanday qo‘yganiga qarab, bu holatga tayyor edi, ammo qoidabuzarlik sodir bo‘ldi. U to‘pni olishdan avval "Barselona" o‘yinchisi Martinni to‘sib qo‘ydi. Shundan keyingina "Inter" ustunlikka erishib, asosiy vaqtni durang bilan yakunlashga muvaffaq bo‘ldi.

To‘g‘risini aytsam, "Barselona" muxlislar qalbini zabt etdi, deb o‘ylayman. Bu ajoyib jamoa va ular birinchi o‘yinda ham, ikkinchi o‘yinda ham ancha ko‘prog‘iga loyiq edilar, - dedi "Milan" va Niderlandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi.

Chempionlar Ligasi yarim finalining javob uchrashuvida hakamlik qilgan Shimon Marchinyak kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik va "ko‘k-anorranglilar" futbolchilari tomonidan tanqidga uchradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Po`lat Polvonov
07/05/2025 21:52
Бу БАРСА ютса хоққоний бўлади,лекин Интер ютса Барселонага нохақлик қилишибди эмиш фақат Барса ютиб юравериш керак эканда Барса хаққоний ўйнайдими 70% фоиз Барсачилар хаққоний ўйнашмайди ютқазса асабузарлик,ҳакамга нисбатан босим,қоида бузилмаган жойда ,қоида бузди қилиб кўрсатиш ётиб олиш,ўйинни бузиш,айтаман деса гап бу Барса тўғрисида ютқиздими кўтини қисиб ютқазганлигини тан олиб кетаверса бўлмайдими Интер хақли эди ютишга жон куйдирди йўлини топди ютди нима ютса нохавлик қилинган бўладими башарангга тўрта ҳарф ким бўлсангаям
Baxil Alihuja
07/05/2025 20:24
интерни ашаддий душмани ва барсани мурабийи сифатида гапираверадиде...
интер хакконий ютди!