
"Gubernator kubogi"da Boturov, Ro‘zmetovdan g‘alaba, Sanjar Tursunov esa...
Xabar berganimizdek, Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan "Gubernator kubogi"da o‘zbekistonlik bokschilar asosiy tarkib bilan ishtirok etmoqda.
Avvalroq, Nodirjon Mirzahmedov va Abdumalik Halakov o‘z janglarini muvaffaqiyatli yakunlagan edi.
Shuningdek, -69 kg vaznda Bobousmon Boturov Belarus vakilli Aleksandr Rodionovni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
-81 kg vaznda Dilshod Ro‘zmetov ham hindistonlik Sumit Sangvan ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
-91 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Sanjar Tursunov boshqa bir belaruslik bokschi Vladislav Smyaglikovga 4:1 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani yakunladi
Fikrlar