Gruziya bosh murabbiyi: Yo‘qotadigan hech narsamiz yo‘q, biz hech narsadan qo‘rqmaymiz

  • 30 iyun, 2024, 20:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gruziya terma jamoasi bosh murabbiyi Villi Sanol Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Evropa chempionati 1/8 final bosqichi doirasidagi Ispaniyaga qarshi bo‘ladigan bo‘lajak o‘yin haqida gapirdi.

Tecno

“Huddi Portugaliyaga qarshi o‘yinda bo‘lgani kabi, bu bahsga ham hech qanday bosimsiz chiqamiz. Biz jamoa bo‘lib o‘ynashni istaymiz. Futbol kutilmagan hodisalarga boy. Yo‘qotadigan hech narsamiz yo‘q. Futbolchilarimiz Ispaniyaning tajribali jamoasiga qarshi o‘ynashdan xursand bo‘lishadi. Biz hech narsadan qo‘rqmaymiz”, — deya Sanol so‘zlarini keltiradi Sputnik Georgia internet nashri.

Evro-2024 guruh bosqichi yakuniga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasi to‘qqiz ochko jamg‘arib, “B” kvartetida birinchi o‘rinni egalladi. Gruziya terma jamoasi to‘rt ochko jamg‘arib, “F” guruhida uchinchi o‘rinni egalladi.

Ispaniya – Gruziya uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Ushbu juftlik g‘olibi 1/4 finalda kecha, 29 iyun kuni 1/8 finalda Daniyani 2:0 hisobida mag‘lub etgan mezbon Germaniya bilan uchrashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!