
Grizmanning oilasi “Barselona”ga urush e’lon qildi
La Ligada so‘nggi to‘rtta uchrashuvdan uchtasida ochko yo‘qotgan “Barselona” rahbariyati yana bir muammoga duch kelmoqda.
Gap shundaki, asosiy tarkibga kiritilmayotgan Antuan Grizmanning oilasi kataloniyaliklar bosh murabbiyi Kike Setenni ayblamoqda. Yaqinda Antuanning otasi va akasi bosh murabbiyni tanqid qilgan edi.
Endi futbolchining opasi va ayni paytda agenti vazifasini bajarayotgan Mod Grizmann ishga aralashdi. U tez orada Kataloniya klubi rahbariyati bilan uchrashmoqchi.
Kike Seten esa “Barselona” o‘yinlarida hujumchilardan Luis Suares va Lionel Messi jutfligiga ko‘proq imkoniyat berishga qaror qilganini bildirgan.
Fikrlar