
Grizmann Zidanga etib oldi
"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann kecha Frantsiya terma jamoasi safida UEFA Millatlar ligasining 2-turidan o‘rin olgan Xorvatiyaga (4:2) qarshi bahsida o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
E’tiborlisi, Grizmann shu tariqa o‘zining terma jamoadagi gollari sonini 31 taga etkazib oldi va bu borada afsonaviy Zinedin Zidanga tenglashdi.
Ayni damda Grizmann va Zidandan yuqorida David Trezege (34), Olive Jiru (39), Mishel Platini (41) va Terri Anri (51) bormoqda.
Fikrlar