Grizmann: "Uxlash uchun joyimga yotganimda, Messi bilan qanday o‘ynashimni tasavvur qilaman"

  • 27 iyul, 2019, 14:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi va "Barselona" klubi futbolchisi Antuan Grizmann "Barsa" sardori Messi bilan birga o‘ynash uchun maydonga chiqishni va yangi mavsum boshlanishini sabrsizlik bilan kutayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Tecno

"Uxlash uchun joyimga yotganimda, Messi bilan qanday o‘ynashimni va biz qanday gollar urishimizni tasavvur qilib yotaman," - dedi Grizmann.

Oldinroq, La Liga prezidenti Xaver Tebas Grizmanning "Atletiko"dan "ko‘k-anorranglilar"ga qilingan transferi bekor qilishi mumkinligi ma’lum qilingandi. "Matraschilar" bu borada La Ligadan buni talab qilishgan.

Frantsiyalik futbolchi 2014 yilning yozidan buyon "Atletiko" futbolchisi bo‘lib kelgan.

So‘nggi mavsumda, 21 ta gol urdi va 10 marotaba assistentlik vazifasini bajardi.

Ilgari "Real Sosedad" klubida faoliyat olib borgan.

Frantsiya terma jamoasida 71 ta uchrashuv o‘tkazib 29 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!