
Grizmann: “Rodrigo juda aqlli va sokin o‘yinchi”
“Atletiko Madrid”ning etakchi futbolchilaridan biri hisoblangan Antuan Grizmann Mbappe, Vinisius va Rodrigo haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, Rodrigoni ko‘proq e’tirof etdi.
"Mbappe mening jamoadoshim bo‘lgan, u bilan birga o‘ynash juda yoqimli edi. Biz birga, Jahon chempionligini qo‘lga kiritdik. Vinisius doim seni aldab o‘tib ketadi. Uning harakatlari doimo xavfli bo‘ladi – aynan shuning uchun u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biridir. Biroq, mening zaifligim – Rodrigo. U juda aqlli, sokin o‘yinchi. U qaerda bo‘lishidan qat’i nazar – chap qanotda, o‘ngda yoki markazda – har doim bor kuchi bilan o‘ynaydi. Bu esa jamoaga boshqacha kuch beradi" – deya ta’rif berib o‘tdi frantsiyalik hujumchi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Chempionlar ligasining pley-off bosqichi doirasida Madridning ikki grand klubi to‘qnash kelib, “Real” 2:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. Mazkur bellashuvning 4-daqiqasida Rodrigo o‘zining chiroyli zarbasi bilan Oblakni dog‘da qoldirgan holda, hisobni ochgan edi.
Fikrlar