
Grizmann o‘rniga uch futbolchi!
“Barselona” va “Atletiko” rahbariyati Antuan Grizmann va Saul Nigesni o‘zaro almashishga kelishgani, biroq kataloniyaliklar ma’lum miqdorda kompensatsiya puli talab qilayotgani haqida xabar qilgan edik.
Madridliklar bu talabga boshqacharoq yondashmoqda. Diego Simeoni Antuan Grizmann uchun Saul Nigesdan tashqari yana ikki futbolchini Kataloniyaga jo‘natishga tayyorligini bildirdi.
Bu rokirovkaga ikki himoyachi – Renan Lodi va Mario Ermoso qo‘shilishi mumkin.
23 yoshli Lodi o‘tgan mavsumda Ispaniya chempionatida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urishga ham erishdi. 26 yoshli Ermoso “Atletiko” tarkibida 31 ta o‘yinda qatnashib, raqiblar darvozasini bir bor ishg‘ol qildi.
Fikrlar