
Grinvurd Reshfordning rekordini yangilab qo‘ydi
"Manchester Yunayted" klubi hujumchisi Meyson Grinvud kecha “Nyukasl”ga qarshi o‘yinda gol urdi va jamoadoshi Markus Reshfordning rekordini yangiladi.
Sky Sports Statto nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Grinvud APLda 3 ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Ta’kidlash kerakki, Grinvud ushbu natijani 18 yosh 86 kunligida uddaladi. Bundan avvalgi rekord esa Reshfordga tegishli edi (18 yosh 141 kun).
Fikrlar