
Grigoryan o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashdi
Engil vazn toifasida sobiq Glory chempioni va hozirgi One jangchisi Marat Grigoryan(13-6, 7 KO) sobiq Glory chempioni bo‘lgan Sittichay Sitsongpinong(5-8, 4 KO) bilan bo‘lajak jangdagi umidlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Ikkimiz ham texnikasi juda kuchli jangchilarmiz, jangni ham tez tahlil qilamiz. Bizning bahsda bir soniya ichida hamma narsa hal bo‘lishi mumkin, shuning uchun men ehtiyot bo‘lishim kerak. Men Sittichayga qarshi jangda g‘alaba qozonish va kamarga yaqinlashish uchun hamma narsani qilaman", – dedi Marat.
Eslatib o‘tamiz, Sittichay va Grigoryan o‘rtasidagi jang ertaga "One 165" doirasida bo‘lib o‘tadi. Ular shu kungacha 5 marta to‘qnashuv kelishgan. Ayni damda hisob 4:1, taylandlik jangchi foydasiga.
Fikrlar