
Golli vaziyat yaratishda bu himoyachiga etadigani yo‘q
Angliya futboli tahlilchilari joriy chempionatda eng ko‘p golli vaziyat yaratayotgan o‘yinchilar reytingini tuzib chiqdi.
Dastlabki 12 tur yakuniga ko‘ra, “Nyukasl himoyachisi Kiran Tripper jamoadoshlarining gol urishi uchun qulay vaziyatlar yaratib berishda etakchilik qilmoqda. 33 yoshli futbolchi o‘yinlar davomida jami 33 ta xavfli vaziyat yarata oldi.
Ikkinchi o‘rinda qayd etilgan “Manchester Yunayted” pleymeykeri Brunu Fernandesh Kirandan bitta vaziyatga ortda qolyapti.
“Tottenxem” etakchilaridan biri Jeyms Meddison jamoadoshlarini 31 marotaba qulay pozitsiyaga chiqargani aytilmoqda.
Fikrlar