“Golden Boy” sovrini bu yil kimga nasib etishi ma’lum bo‘ldi

  • 21 noyabr, 2020, 13:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya” Dortmund forvardi Erling Xoland Evropaning 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Golden Boy” sovrinini qo‘lga kiritadi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Tecno

Ushbu mukofot o‘tgan yil portugaliyalik hujumchi Joau Felishga nasib etgan edi. Undan avvalroq, “Golden Boy” sovrinini “Yuventus” himoyachisi Mattays de Lixt (2018), PSJ hujumchisi Kilian Mbappe (2017) olgan.

20 yoshli Xoland joriy 2020 yilda “Borussiya” safida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 27 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!