
"G‘ijduvon" murabbiyi "Turon"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
Pro-liganing 4-turidan o‘rin olgan "Turon" - "G‘ijduvon" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Bahodir Shaymardonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Bugungi o‘yin haqida
- Bugun qiziqarli va chiroyli o‘yin guvohiga aylandik. "Turon" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Jamoamiz yigitlari yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Afsus, yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalana olmadik. Asosiy maqsadimiz - qarshi hujumda gol kiritish edi. Xatolar ustida ishlaymiz.
- Legioner futbolchi Estevan Ospinaning almashtirilishiga sabab nima?
- Ospina hozir to‘liq tayyor emas. Shu sababdan uni bir bo‘lim davomida o‘ynatib jismoniy imkoniyatlarini oshirib bormoqdamiz.
"Turon" matbuot xizmati
Fikrlar