Germaniyalik darvozabonni turmaga tashlashmoqchi

  • 30 avgust, 2023, 15:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyalik darvozabon Marius Gersbek sud hukmi bilan Avstriyada qamalishi mumkin.

Tecno

Bild nashrining ta’kidlashicha, Avstriyaning Zaltsburg shahri prokuraturasi “Gerta” klubi darvozaboniga boshqa shaxsga og‘irlashtiruvchi holatlar bilan og‘ir tan jarohati etkazisho‘ bo‘yicha ayblov e’lon qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 28 yoshli futbolchi 16 iyul kuni Zaltsburg shahrida  bir kishini do‘pposlab, unga qattiq jarohat etkazgan.

Avstriya qonunchiligi bo‘yicha Marius besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Bu voqeadan keyin “Gerta” klubi o‘z futbolchisini mashg‘ulotlardan chetlatilgan. Sud 28 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!