
Germaniya terma jamoasida jiddiy yo‘qotish
Evro chempionati boshlashiniga oz qolganida Germaniyada yo‘qotish yuzaga keldi. "Bavariya" yarim himoyachi Aleksandr Pavlovich kasal bo‘lib qolgani tufayli ushbu turnirni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.
"Evro-2024" Pavlovich uchun Germaniya terma jamoasi tarkibidagi dastlabki yirik turnir hisoblanardi. Ammo u endi uchrashuvlarni muxlis sifatida tomosha qiladi.
Aleksandr o‘rniga Yulian Nagelsmann "Borussiya" a’zosi Emre Janni tanladi. U 2015 yildan beri jamoadan taklif olmaydi. 30 yoshli yarim himoyachi uchun ajoyib yangilik bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya bilan Shotlandiya, Vengriya va Shvetsariyalar bitta guruhdan joy olishgan.
Fikrlar