
Germaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Bundesliga klubida ish boshladi
Germaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Yens Lemann "Gerta" klubi kuzatuv kengashi a’zosiga aylandi. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatmoqda.
Lemann bu borada terma jamoadagi ustozi Yurgen Klinsmanning o‘rnini egalladi. Bundesliga o‘yinlari esa koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatib qo‘yilgan edi. Bir necha kun oldin esa chempionat o‘yinlari 16 may sanasidan qayta tiklanishi e’lon qilindi.
“Gerta” hozirda 28 ochko bilan musobaqa jadvalida 13-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar