Georgiy Agzamov turniri qizg‘in tarzda davom etmoqda!

  • 22 mart, 19:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
BEPUL PROPAN

Poytaxtimizda yana bir katta musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni kunlarda umumiy mukofot jamg‘armasi 75 000 AQSh dollarini tashkil qiladigan o‘zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnir o‘tkazilmoqda.

Musobaqa ikki guruhga bo‘lingan holda bo‘lib o‘tmoqda. 

A guruhida FIDE reytingida 1800 va undan yuqori bo‘lgan kuchli shaxmatchilar ishtirok etayotgan bo‘lsa, B guruhida reyting ochkolari 1799 va undan past bo‘lgan ishtirokchilar qatnashyapti. Unda Hindiston, Xitoy, Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi, Vengriya, Mongoliya va FIDE bayrog‘i ostidagi shaxmatchilar qatnashmoqda.

Turnirning bugungi kungi natijalari va fotosuratlari quyida sizni kutmoqda.

https://chess-results.com/tnr1140802.aspx?lan=1

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!