
Gavi "Real" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng provokatsion harakatlari bilan e’tibor markazida bo‘ldi
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi Ispaniya Kubogi finalidagi g‘alabadan so‘ng maydonda va uning tashqarisidagi harakatlari bilan muxlislar va OAV diqqatini tortdi.
"La Razon" nashrining xabar berishicha, "Barselona" finalda "Real"ni 3:2 hisobida mag‘lub etgach, 20 yoshli Gavi darhol madridliklar himoyachisi Raul Asensio tomon yo‘l olib, g‘alabasini uning oldida nishonlagan.
O‘yin yakunlangach, Gavi muxlislardan biri uzatgan bayroqni oldi. Unda "Gavi yoki qo‘rg‘oshin. Antimadridchilar" deb yozilgan edi. Bu yozuv mashhur jinoyatchi Pablo Eskobarning "kumush yoki qo‘rg‘oshin" shioriga ishora bo‘lib, madridliklarga qarshi murosasiz kayfiyatni bildiradi.
Futbolchi ushbu bayroqni beliga bog‘lab olgan holda maydonni tark etdi va shu holda "Barselona"ning kiyinish xonasiga ham kirdi.
Fikrlar