
Gavi «Barselona» bilan kelisha olmayapti
El Nacional xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar rahbariyati 17 yoshli Pablo Gavi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmagan.
Manbaga ko‘ra, futbolchiga «ko‘k-anorranglilar»ning yangi taklifi yoqmagan, shu bois u klubni tark etish niyatida. Gavining so‘zlariga ko‘ra, uning uchun jiddiy xaridor allaqachon topilgan.
Ispaniyalik uchun asosiy da’vogar PSJ bo‘lib turibdi. Parijliklar sportchini 50 million evroga xarid qilishga tayyor.
Yarim himoyachi La Liga doirasida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va ikkita assist amalga oshirdi.
Fikrlar