
Gattuzoga Rossiyada ish bor
Italiyalik mutaxassis Jennaro Gattuzo Moskvaning "Spartak" klubida faoliyat boshlashi mumkin.
ITA Sport Press tarqatgan xabarga qaraganda, rus grandi 43 yoshli murabbiyga 3 yillik shartnoma taklif qilgan.
Gattuzoning so‘nggi ish joyi "Fiorentina" klubi bo‘lgan. Biroq u ish boshlaganidan bir oy o‘tib, rahbariyat bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sabab klubni tark etgan edi.
Hozirda "Spartak"ga Ruy Vitoriya ustozlik qilmoqda. Moskvaliklar 13 turdan so‘ng, Rossiya premer-ligasi musobaqa jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar