
Garsiya jang qiladigan kechada Meliqo‘ziev kamarini himoya qiladi
14 fevral kuni AQShning Kaliforniya shtatida professional boks turniri bo‘lib o‘tadi.
Ushbu oqshomning markaziy jangida Rayan Garsiya (19-0) va Frantsisko Fonseka (25-2) qarama-qarshiligi kuzatiladi.
Hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev WBA Continental Americas kamarini himoya qiladi va unga qarshi Antonio Periban (25-5-1, 16 Kos) ringga ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, Meliqo‘ziev 13 dekabr kuni Aleksandr Von ustidan g‘alabaga erishib, kamar sohibiga aylangandi.
Fikrlar