
Garnacho faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin!
"Manchester Yunayted" vingeri Alexandro Garnacho "Bavariya"ning qiziqishlari doirasida, deya xabar beradi ESPN.
Nemis grandi argentinalik futbolchini qanot hujumiga qo‘shimcha kuch sifatida ko‘rmoqda va uning kelajagi atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda. Manbaga ko‘ra, "Manchester Yunayted" muzokaralarga ochiq va takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Biroq Garnachoning o‘zi faoliyatini APLda davom ettirishni afzal ko‘radi. Premer-ligada uni kuzatib borayotgan klublar orasida "Chelsi" va "Aston Villa" bor.
19 yoshli argentinalik futbolchi "qizil iblislar" safida 144 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, safida 26 ta gol urgan va 22 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning mankunianliklar bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar