
Gari Nevil: "Markaziy hujumchisiz o‘ynash qiyin"
Angliya milily terma jamoasi va "Manchester Yunayted" klubining sobiq futbolchisi Gari Nevill "qizil iblislar"ning aksariyat mag‘lubiyatlarini sof markaziy hujumchi yo‘qligi bilan izohladi.
O‘tgan shanba kuni "Manchester Yunayted" APLning 2-turi doirasida "Brayton"ga ham imkoniyatni boy berib qo‘ydi (1:2).
" O‘sha kuni ham Manchester Yunayted"ga shunchaki omad kulib boqmadi, deb aytmagan bo‘lardim. Markaziy hujumchisiz o‘ynash juda qiyin. Bu soxta to‘qqizlik bilan avval ham sodir bo‘lgan.
Birinchi bo‘limda Meyson Maunt va Bruno Fernandesh yuqori o‘yin ko‘rsatishdi. Qanotlarda esa Amad Diallo va Markus Reshfordlar o‘ynashdi. Barchasi bahs davomida yaxshi o‘ynashdi. Lekin bu amalda hech narsaga yordam bermadi. Bunday holatlarda esa, gol urish oson emas.
MYuga ham himoyani kuchaytira oladigan, ham orqa chiziqdan ilk hujumni boshlay oladigan futbolchi kerak.
Shu bois "Manchester Yunayted" uchun o‘yin tanaffusdan so‘ng, ya’ni Joshua Zirkze zaxiradan maydonga tushganidan keyin boshlandi deb bemalol aytsa bo‘ladi. Yigitlar shu kuni amalda 45 daqiqa futbol o‘ynashdi xolos”, - deb yozdi sobiq futbolchisi.
Fikrlar