
Garet Beyl "dubl" qayd etdi va maydondan chetlatildi
La Liganing 3-turida "Real" "Vilyarreal" (2:2) mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvda Garet Beyl 45 va 86-daqiqalarda gol urib, "dubl" qayd etdi.
Belashuvning so‘nggi ikki daqiqasida ketma-ket ikkita sariq kartochka bilan jazolangan Garet Beyl keyingi bahsni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsuda 30 yoshli futbolchi o‘zining dastlabki gollarini kiritdi.
Fikrlar