Gap buyoqda ekan: Alonso Rodrigo o‘rniga boshqa Rodrigoni olmoqchi

  • 14 avgust, 11:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning braziliyalik hujumkor futbolchisi Rodrigo Goes shu yoz Madridni tark etishi mumkin. 24 yoshli futbolchi bilan Angliya Premer-ligasining badavlat klublari muzokara olib borayotgani haqida xabarlar ko‘payib qoldi.

Tecno

“Qirollik klubi”ning yangi bo murabbiyi Xabi Alonso Rodrigo Goes o‘rniga boshqa ijrochi topib qo‘ygan ekan. Qizig‘i, bu futbolchisining ham ismi Rodrigo. Rodrigo Mora “Portu” safidagi o‘yinlari bilan grand klublar e’tiborini qoo‘ondi.

Xabi Alonso portugaliyalik futbolchidan o‘ng qanot hujumchisi sifatida foydalanmoqchi. Ispaniyalik murabbiy Rodrigo Morani Vinisius Junior va Kilian Mbappe bilan elkama-elka o‘ynatishga tayyor.

Muhim jihati shundaki, Rodrigo Mora aslida pleymeyker hisoblanadi. Shunga qaramay, o‘ng qanot hujumchisi sifatida ham samarali o‘ynaydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!