“Galatasaroy” raqibining barcha futbolchilari o‘yin payti maydondan ketib qoldi

  • 9 fevral, 22:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Turkiya Superligasida g‘alati voqea sodir bo‘ldi. 23-turning navbatdagi uchrashuvida chempionat peshqadami “Galatasaroy” o‘z maydonida autsayderlar biri “Adana Demirspor” vakillari bilan kuch sinashayotgan edi.

Istanbulliklarning ispaniyalik legioneri Alvaro Morata 12-daqiqadayoq hisobni ochib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi.

Kutilmagan mashmasha 30-daqiqada boshlandi. “Adana Demirspor” futbolchilari hakam tomonidan ular darvozasiga belgilangan penaltidan norozi bo‘lib, maydondan chiqib ketdi.

Hozircha, mehmon jamoa vakillari o‘yinga qaytishga ko‘nmayapti.

Eslatib o‘tamiz, “Adana Demirspor” atishi besh ochko bilan musobaqa jadvalining so‘nggi pog‘onasini egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!