Fyuri spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni iste’mol qilishiga nima sabab bo‘lmoqda?

  • 15 iyun, 2024, 19:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Ukrainalik yarim og‘ir vazn toifasidagi Aleksandr Gvozdik(20-1, 16 KO) Tayson Fyuri(34-1-1, 24 KO)ni barlardan birida mast holda ko‘ringani haqidagi xabarga o‘z munosabatini bildirdi.

"Usik mening jangimga kelib, meni qo‘llab-quvvatlashi ehtimoli bor. U hozir Kanadada film suratga olish bilan band, ammo vaqt topib, Las-Vegasga uchib ketishga harakat qilishini aytdi. Avvalroq Los-Anjelesga kelganida, biz ko‘p narsa haqida suhbatlashgandik. Saunada o‘tirib, o‘tmishni esladik. Garchi biz Olimpiadada ishtirok etgan va jamoadosh bo‘lsak-da, hali bu qadar yaqin muloqot qilmagandik. 

Fyuri yaqinda mast holatda, bardan olib ketildi. O‘sha olib ketgan insonlar bilan ham muloqot qilganimda, ular aytdiki, Fyuri stress tufayli spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni iste’mol qilmoqda. Usikka uchralgan mag‘lubiyat bunga asosiy sababchi ekan", - deya Gvozdikdan iqtibos keltiradi Boxing Scene.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!