Fyodorov: "Lokomotiv" bir gol o‘tkazib yuborib, taslim bo‘ladigan jamoa emas

  • 25 iyun, 2020, 23:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superligasining 6-turida Toshkent derbisi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, "Bunyodkor" o‘z maydonida "Lokomotiv" klubini qabul qilib, 2:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvdan keyin, "temiryo‘lchilar" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda, "Lokomotiv" matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- "Agarda o‘yinni umumiy tavsiflaydigan bo‘lsak, dastlabki 15 daqiqada "Bunyodkor" katta ustunlikka ega bo‘ldi. Jamoam bugun yakkakurashlarda mag‘lub bo‘ldi va shu sababdan o‘yinda g‘alabaga erisha olmadi. O‘z yarim maydonimizda ko‘plab qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydik. Juda og‘ir mag‘lubiyat bo‘ldi. Taktika, paslar yoki boshqalar haqida gapirish qiyin bo‘lmoqda. O‘yinni kuchaytirishga qiynalyapmiz. Ketma-ket oltinga teng ochkolarni yo‘qotyapmiz. Bu esa mavsum yakunida katta ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Moliyaviy muammolar yo‘q. Ketma-ket uchinchi o‘yinda ham biz tezkor gol o‘tkazib yuboryapmiz va shundan keyin o‘yinda uzilishlar paydo bo‘lyapti. "Lokomotiv" bir gol o‘tkazib yuborib, taslim bo‘ladigan jamoa emas. Bu borada ko‘p ishlaymiz va navbatdagi o‘yinlarda bunday bo‘lmasligi uchun harakat qilamiz," - dedi Fyodorov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!