
Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi Turkmanistonni yirik hisobda mag‘lub etdi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Turkmaniston bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazdi. Unda hamyurtlarimiz yirik 4:0 hisobida zafar quchdi.
Bellashuvda gollarga Dilshod Rahmatov, Muzaffar Ahadjonov, Ilxom Hamroev va Daler Eshonqulov mualliflik qildi. Mehmonlar gol urishga muvaffaq bo‘lmadi.
Ma’lumot o‘rnida, uchrashuv Turkmaniston tarafi iltimosi sabab yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahsga muxlislar va OAV vakillari kiritilmadi.
Fikrlar