
Futzal. Bugun vakillarimiz yana bir o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi
Bugun Toshkentdagi "Yunusobod" sport majmuasida futzal bo‘yicha ikkinchi halqaro o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi qo‘shni Qirg‘iz Respublikasi futzalchilari bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 13:00da start oladi.
Kecha birinchi o‘rtoklik uchrashuvi bo‘lib o‘tganidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Gollarga boy o‘tgan bellashuvda hamyurtlarimiz 4:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar