Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Indoneziyada o‘tadigan xalqaro turnirda ishtirok etadi

  • 13 avgust, 2019, 12:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Mini-futbol
CHERY AUTO

Kuzda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslariga hozirlik olib borayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 29 avgust – 1 sentyabr kunlari Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida o‘tkaziluvchi “Chkalov Kubogi” musobaqasida ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.

Tecno

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyida ham yana bir xalqaro turnirda qatnashadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

4-8 sentyabr kunlari Indoneziyada 4 ta terma jamoa ishtirokida xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi. Unda g‘oliblik uchun Indoneziya, Iroq, Xitoy Taypeyi hamda O‘zbekiston terma jamoalari bahs olib borishadi. 

Musobaqa tavqimi: 

6 sentyabr

Iroq – O‘zbekiston

7 sentyabr

Indoneziya – O‘zbekiston

8 sentyabr

O‘zbekiston – Xitoy Taypeyi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!