
Futzal. AGMKning klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatidagi raqiblari aniqlandi (foto)
Mazkur musobaqada O‘zbekistonning amaldagi chempioni AGMK jamoasi guruh bosqichida to‘qnash keladigan raqiblari nomini bilib oladi.
Joriy yilgi musobaqa 7-19 avgust kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unda OFKga a’zo bo‘lgan 16 chempionlari o‘zaro g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Mamlakatimiz sharafini AGMK klubi himoya qiladi. Olmaliqliklar qur’a tashlash jarayonida 4-savatchadan joy olishgan.
AGMK "V" guruhidan o‘rin oldi. Aleksandr Petrov shogirdlari guruh bosqichida Vetnamning "Tai Son Nam", Iroqning "Naft Al Vasat" va Qatarning "Al Rayan" jamoalari bilan kuch sinashadi.
Qayd etish joiz, "Tai Son Nam" amaldagi finalchi sanaladi. O‘tgan yili vetnamliklar musobaqa finaliga qadar etib borib, yakunda Eronning "Mes" jamoasiga mag‘lub bo‘lgan edi. "Al Rayan" esa 2011 va 2012 yillarda klublar o‘rtasidagi Osiyo chempioantida 3-o‘rinni egallagan.
Fikrlar