Futzal. AGMK raqibni tor-mor etdi. "Lokomotiv" "Dinamo"ga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotdi

CHERY AUTO

Bugundan O‘zbekiston futzal Oliy Ligasi 6-tur o‘yinlari start oldi. Mazkur tur uchrashuvlari Jizzax va Olmaliqda o‘tkazilmoqda. 

Tecno

"Metallurg" "Bunyodkor"ni 5:2 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, "Maksam-Chirchiq" 2:6 hisobida "Huaxin-Jizzax"ga imkoniyatni boy berdi. Vodiy jamoalari o‘rtasida kechgan bahsda "Neftchi" "Navbahor"dan ustun keldi, 4:2.

Shuningdek, "Dinamo" "Lokomotiv" bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi. AGMK "Stroitel-Zarafshon" jamoasiga javobsiz 11ta gol urdi. "Paxtakor" esa "Nasaf"dan 5:3 hisobida mag‘lub etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!