
Futbolchini timsoh eb qo‘ydi
Kosta-Rikada “Deportivo Rio Kanyas” jamoasi futbolchisi Xesus Alberto Lopes Ortis timsoh hujumi oqibatida 30 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Bu haqda The Sun nashri axborot tarqatdi.
Manbaning yozishicha Xesus Guanakaste viloyatidan oqib o‘tuvchi Kanyas daryosida tismoh hujumiga uchragan. Politsiya futbolchining jasadini chiqarib olish uchun timsohni otib o‘ldirishga majbur bo‘lgan.
“Deportivo Rio Kanyas” jamoasi matbuot xizmati mudhish voqeada favot etgan futbolchining dafn marosimi haqida bayonot berdi.
- Bu hammamiz uchun og‘ir kun bo‘ldi. Biz seni murabbiy, futbolchi va yaxshi ota sifatida doimo yodimizda saqlaymiz. Sen doim qalbimizda bo‘lasan, - deyiladi klub bayonotida.
Fikrlar