Futbolchilarga Angliyadan ketishni maslahat berishdi

  • 8 iyul, 2024, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Kris Uoddl hozirgi avlod futbolchilariga Angliya Premer-ligasidan xorij jamoalariga ketishni tavsiya qildi.

Tecno

- Men ko‘proq inliz futbolchilari xorijga ketishi tarafdoriman. Chunki bu ular uchun juda yaxshi tajriba bo‘ladi. Bunda gap nafaqat boshqa til va madaniyat, balki boshqacha futbol haqida ham ketmoqda.

Men “Marsel”da o‘ynagan kezlarim Frantsiya chempionati futboli Angliya Premer-ligasidan keskin farq qilardi. Hozir ham bu borada katta o‘zgarish bo‘lmasa kerak.

U erda hammasi boshqacha. Muhit va muxlislardan tortib, jamoalarning o‘yin uslubigacha o‘zgacha. To‘g‘risini aytsam, Jud Bellingem va Jeydon Sanchoni qattiq hurmat qilaman. Har ikkisi yoshligidanoq “Borussiya”ga o‘tgan edi.

Harri Keyn Angliyani huddi menga o‘xshab ancha ulg‘aygan paytda tark etdi. Ortga qarab shuni aytishim mumkinki, menga Angliyada o‘ynash yoqsa-da, men yana xorijda to‘p tepishni tanlagan bo‘lardim, - dedi Kris Uoddl.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!