Futbolchilar bosh murabbiydan norozi!

  • 24 mart, 2022, 19:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gazzetta dello Sport nashri “Yuventus” futbolchilariga bosh murabbiy Massimiliano Allegrining ish uslubi yoqmayotgani va ular tajribali mutaxassisga qarshi bosh ko‘tarmoqchi ekani haqida xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaning aniqlashicha, futbolchilar mashg‘ulotlardan keyin uyga borib, oila davrasida hordiq chiqarishga ko‘nikkan. Massimiliano Allegri esa ularni mashg‘ulotlar bazasida tunashga majbur qilyapti. O‘yinchilar asosan mana shu talabdan norozi bo‘lmoqda.

“Yuventus” ikki mavsumdan beri chempionlik uchun oxirigacha kurasha olmayapti. O‘tgan mavsum skudettoni  “Inter”ga topshirgan turinliklar joriy mavsumda to‘rtinchi o‘rinda bormoqda va katta ehtimol bilan peshqadam “Milan”ni quvib o‘tolmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!