
Futbol va Uzreport telekanalarining bugungi dasturlarida o‘zgarish bo‘ldi
Bugun Uzreport va Futbol telekanallari La Liga 37-turidan o‘rin olgan "Real Madrid" - "Vilyarreal" va "Barselona" - "Osasuna" bahslarini efirga uzatishi haqida xabar berib o‘tgandik.
Biroq, telekanal rasmiy matbuot xizmati kanallar dasturlarida o‘zgarish yuz bergani va ikkala uchrashuv Uzreport kanalida hamohang tarzda namoyish etilishi haqida ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, Futbol telekanalida soat 00:15 da start beriladigan "Kristal Pelas" - "Manchester Yunayted" bahsi efirga uzatiladi.
Fikrlar