Futbol TV “The Best” mukofotini topshirish marosimini jonli efirda namoyish qiladi

  • 22 sentabr, 2019, 17:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

23 sentyabr kuni Milan shahridagi “La Skala” opera teatrida FIFA (Xalqaro futbol assotsiatsiyasi) tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisiga “The Best” mukofotining topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

FUTBOL TV telekanali futbol olamidagi yilning eng muhim voqeliginimuxlislarga jonli efirda namoyish etadi.

Tecno

Bu safargi sovrin uchun kurashuvchilar ro‘yxatiga “Barselona” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi, “Yuventus” va Portugaliya terma jamoasi to‘purari Krishtianu Ronaldu va 2018/19 yilgi mavsum o‘z jamoasi “Liverpul” bilan ajoyib natijalar qayd etgan himoyachi Virjil van Deyk (Gollandiya) kiritilgan.

Mazkur marosimda shuningdek, yilning eng yaxshi ayol futbolchisi, eng yaxshi murabbiyi va darvozaboni, yilning eng chiroyli gol muallifi (Pushkash sovrini sohibi) ham aniqlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!