
Futbol tarixidagi 25 ta eng qimmat transfer
Bir paytlar Trevor Frensis 1 million pul to‘langan ilk britaniyalik futbolchi edi. Bu voqea 1979-yilda bo‘lgandi.
Bir necha o‘n yil o‘tgach, bu miqdordagi puldan hech kim hayratlanmay qo‘ydi. 10 mln futbolchilar uchun to‘lanadigan standart narx bo‘lib qoldi. Hozir esa futbolchilarga 100 milliondan ziyod pul to‘lanyapti. Sizga futbol tarixidagi 25 ta qimmat xaridlar ro‘yxatini taqdim etamiz.
25. Dennis Bergkamp – “Ayaks”dan “Inter”ga

1993 yilgi transfer narxi: £ 8,800,000
Hozirgi kunga moslashtirsak: £ 136,146,017
Gollandiyalik futbolchi “Inter”ga kelib qo‘shilganda 24 yoshda edi. Italiyada 52 o‘yinda 11 ta gol urgan. Keyinchalik esa futbolchini “Arsenal” 7,5 million funtga sotib olgan. Londonda uning faoliyati gullab-yashnagan.
24. Andrey Shevchenko – “Milan”dan “Chelsi”ga.
2006 yilgi transfer narxi: £ 39,490,000
Hozirgi kunga moslashtirsak: £ 136,561,389
Futbolchi uchun sarflangan 40 million funt o‘zini oqlamadi. Ikki mavsumda 9 ta gol ura olgan.
23. Kilian Mbappe – “Monako”dan “PSJ”ga
2018 yilgi transfer narxi: £ 121,500,000
Hozirgi kunga moslashtirsak: £ 137,751,205
Futbol tarixidagi ikkinchi eng qimmat futbolchi agar “PSJ”dan ketsa, transfer hozirgi kundagi rekordni yangilasa kerak. U, shubhasiz, “Oltin to‘p”ning bo‘lajak sohibi.
22. Luish Figu – “Barsa”dan “Real”ga
2000 yilgi transfer narxi: £ 54,000,000
Hozirgi kunga moslashtirsak: £ 137,777,072
Futbol tarixidagi eng shov-shuvli transfer. Figuning raqib jamoaga o‘tib ketganini muxlislar hazm qila olishmadi. Hatto, Figu “Nou Kamp”ga kelganda, unga qarata cho‘chqaning boshini ham uloqtirishgan. “Real” esa bo‘lajak yil futbolchisini sotib olgan edi.
21. Alan Shirer – “Blekbern”dan “Nyukasl”ga
1996 yilgi transfer narxi: £ 18,900,000
Hozirgi kunga moslashtirsak: £ 138,026,584
Alan Shirerning hozirgi kunga qiyoslagandagi bahosi barcha uchun qiziq. 90-yillar futbolini ko‘rmagan odam ham Shirerning Angliya futbolidagi eng yaxshi hujumchilardan biri ekanligini eshitgan. APLda 260 ta gol urgan futbolchi uchun 138 million arzondek tuyuladi.
20. Kaka – “Milan”dan “Real”ga

2009 yilgi transfer narxi: £ 60,300,000
Hozirgi kunga moslashtirsak: £ 139,108,075
“Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritganidan bir yil keyin Kaka “Real”ga o`tadi, o‘sha vaqtning pulida 60 mlnga. Yangi jamoasida 4 mavsum o‘tkazdi va bitta chempionlik, bitta Ispaniya kubogini qo‘lga kiritadi.
19. Predrag Miyatovich – “Partizan”dan “Valensiya”ga
1993 yilgi transfer narxi: £ 9,000,000 evro
Hozirgi kunga moslashtirsak: £ 139,240,244 evro
Ro‘yxatimizdagi mashhur bo‘lmagan futbolchilardan biri. 1997 yilda Predrag “Oltin to‘p” so‘rovnomasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni olgan. O‘shanda Ronaldo sovrinni qo‘lga kiritgan edi. Lekin Miyatovich Zidandan oldinga o‘tib ketgandi. U “Real”da ham 3 mavsum to‘p surgan va 36 ta golga mualliflik qilgan. Keyinchalik faoliyatini “Fiorentina”da davom ettirgan.
18. Devid Bekxem – “Manchester Yunayted”dan “Real”ga
2003 yilgi transfer narxi: £ 33,750,000 evro
Hozirgi kunga moslashtirsak: £ 141,775,416 evro
“Gallaktikos” tarkibidagi futbolchilardan biri. Hozirgi kunga qiyoslaganda 141 mln funtga baholangan futbolchi o‘ziga sarflangan shuncha pulga munosib edi.
17. Kristian Veri – “Latsio”dan “Inter”ga
1999 yilgi transfer narxi: £ 41,830,000
Hozirgi kunga moslashtirsak: £ 144,135,998
Veri o‘ynamagan Italiya jamoasi qolganmikan? Hujumchi Italiyaning 10 dan ortiq jamoasi libosini kiygan. Undan tashqari Ispaniyaning “Atletiko”si, Frantsiyaning “Monako”sida ham to‘p surgan. Keyinchalik esa “Real”ga ham o‘tgan va u erda 6 yil davomida 125 ta gol urgan.
16. Zlatan Ibragimovich – “Inter”dan “Barselona”ga
2009 yildagi transfer narxi: £ 62,550,000
Hozirgi kunga moslashtirsak: £ 144,298,675
Zlatan “Barsa”da faoliyatidagi eng omadsiz yillarini o‘tkazgan. U o‘ziga sarflangan pullarga nomunosib deya tanqid toshlari otilgan. Zlatan 29 o‘yinda 16 ta gol urdi va Pep bilan mojarodan so‘ng Italiyaga qaytdi.
15. Fernando Torres – “Liverpul”dan “Chelsi”ga
2011 yildagi transfer narxi: £ 52,650,000
Hozirgi kunga moslashtirsak: £ 144,987,097
“Chelsi” hozir futbolchi uchun shuncha pul sarflagani borasida o‘ylashni ham istamasa kerak. Londonda ispan futbolchisining umuman o‘yini o‘xshamagan. 110 ta o‘tkazgan o‘yinlarida 20 marotaba raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.
14. Ronaldo – “Barselona”dan “Inter”ga
1997 yilgi transfer narxi: £ 25,200,000
Hozirgi kunga moslashtirsak: £ 145,226,390
“Barsa”da o‘tkazgan 49 o‘yinida 47 ta gol urgan Ronaldo “Inter”ga o‘tib ketadi. U erda jarohatiga qaramasdan, 99 o‘yinda 59 ta gol uradi. Keyin esa “Real”ga o‘tadi. Bu haqida keyinroq yozamiz.
13. Neymar – “Santos”dan “Barselona”ga
2013 yilgi transfer narxi: £ 79.380,000
Hozirgi kunga moslashtirsak: £ 145,490,765
21 yoshida “Barselona” safiga o‘tgan futbolchi 4 mavsum davomida dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri ekanligini isbotlab bordi. Hozirgi kundagi eng qimmat futbolchi maqomini ham aynan Neymar egallab turibdi.
12. Darko Panchev – “Tsrvena Zvezda”dan “Inter”ga
1992 yilgi transfer narxi: £ 10,800,000
Hozirgi kunga moslashtirsak: £ 152,008,497
1992 yilda 10 mln – bu jiddiy taklif edi. Bir mavsum avval “Oltin butsa”ni olgan Panchevga ishonch bildirdi milanliklar. Ammo futbolchi yangi jamoasida o‘zini ko‘rsata olmadi. 19 o‘yinda atigi 3 ta gol ura oldi.
11. Igor Shalimov – “Fodja”dan “Inter”ga
1992 yilgi transfer narxi: £ 10,800,000
Hozirgi kunga moslashtirsak: £ 152,008,497
“Inter”ning to‘qsoninchi yillardagi yana bir shov-shuvli transferlaridan biri. Ammo Igor u erda porlay olmadi. Keyinchalik “Duysburg”, “Lugano”, “Napoli” kabi jamoalarda ham to‘p surdi.
10. Jan-Per Papen – “Marsel”dan “Milan”ga
1992 yilgi transfer narxi: £ 10,800,000
Hozirgi kunga moslashtirsak: £ 152,008,497
Milan to‘qsoninchi yillarda eng boy poytaxtlardan biri bo‘lgan, shekilli.Papen 1991 yilda “Oltin to‘p”ni yutgan edi va “Milan” o‘ylab o‘tirmasdan futbolchini xarid qildi. 2 mavsumda 31 ta gol. Uning Italiyada ko‘rsatgan natijasi. Ana shu 2 mavsumida 2 ta Skudetto va bir marta Chempionlar ligasini qo‘lga kiritadi.
9. Alen Bokshich – “Marsel”dan “Latsio”ga
1993 yilgi transfer narxi: £ 9,900,000
Hozirgi kunga moslashtirsak: £ 153,164,269
Bokshich futbol tarixidagi eng qimmat to‘qqizinchi futbolchi. Alen “Latsio”da o‘zini ko‘rsata olmadi va keyinchalik “Yuventus”ga o‘tib ketdi.
8. Ronaldo – “Inter”dan “Real”ga
2002 yildagi transfer narxi: £40,500,000
Hozirgi kunga moslashtirsak:£155,210,616
“Inter”dagi besh yilidan so‘ng Ronaldo xizmatlariga Ispaniyadagilar yana qiziqish bildira boshlashdi.
Bu safar “Barsa” emas, “Real”. Ronaldo o‘ziga to‘langan pullarni oqladi. 4 mavsum davomida 104 ta gol urdi “Qaymoqranglilar” safida.
7. Zinedin Zidan – “Yuventus”dan “Real”ga
2001 yildagi transfer narxi: £ 69,750,000
Hozirgi kunga moslashtirsak: £ 157,531,382
O‘sha mahalda “Gallaktikos” eng avjiga chiqqan paytlar edi. Shuning uchun Zidanga to‘langan 70 mln hech kimni hayron qoldirmadi. Zidan “Real”ning afsonasiga aylandi.
6. Rio Ferdinand – “Lids”dan “Manchester Yunayted”ga
2002 yildagi transfer narxi: £ 41,400,000
Hozirgi kunga moslashtirsak: £ 158,659,741
Rio Ferdinand “Qizil iblislar” safiga o‘tgach, britaniyalik eng qimmat futbolchiga aylandi. Rio “MYu”ning afsonalaridan biriga aylandi. Manchesterliklar safida o‘tkazgan 12 mavsumi davomida 6 marta APL chempionligini qo‘lga kiritgan.
5. Garet Beyl – “Tottenxem”dan “Real”ga

2013 yilgi transfer narxi: £ 90,900,000
Hozirgi kunga moslashtirsak: £ 166,605,071
2013 yilda futbolchi tarixdagi eng qimmat futbolchiga aylangan edi. Ammo haligacha Madridda uning o‘rni qanday ekanligini bilmaymiz. Madrid jamoasi uchun 104 ta gol urgan futbolchini tanqid qilish mumkinmi?
4. Romario – “PSV”dan “Barselona”ga
1993 yilgi transfer narxi: £ 10,800,000
Hozirgi kunga moslashtirsak: £ 167,088,293
1000 ga yaqin gollar muallifi Kataloniya jamoasiga o‘sha vaqtdagi eng qimmat narxga o‘tgandi. 33 o‘yinda 30 ta gol urgan futbolchi “Barsa”da ko‘p ushlanib qolmadi.
3. Krishtianu Ronaldu – “Manchester Yunayted”dan “Real”ga
2009 yilgi transfer narxi: £ 84,600,000
Hozirgi kunga moslashtirsak: £ 195,166,553
Hattoki, 195 mln dunyoning eng yaxshi futbolchisiga sarflanishi hayratlanarli hodisa emas. Portugaliyalik futbolchi Madrid jamoasi uchun 450 ta gol urdi va 4 marta Chempionlar ligasida zafar quchishiga yordam berdi.
2. Neymar – “Barselona”dan “PSJ”ga
2017 yildagi transfer narxi: £ 199,800,000
Hozirgi kunga moslashtirsak: £ 202,025,615
DUnyoning eng qimmat transferi bizning ro‘yxatmizda ikkinchi o‘rinni egallaydi. Fransiya jamoasida futbolchi 64 ta gol urdi. Doimiy tanqidlar ostida yuruvchi Neymar Parijni tark etish niyatida yuribdi.
1. Djanluka Vialli – “Sampdoriya”dan “Yuventus”ga

1992 yilgi transfer narxi: £ 14,850,000
Hozirgi kunga moslashtirsak: £ 209,011,684
Futbol tarixidagi eng qimmat futbolchi – Vialli. Futbolchi “Sampdoriya”da eti mavsum o‘tkazadi. Uning yorqin o‘yini turinliklarni e’tiborini tortdi va u uchun 15 mlndan voz kechishdi. Turinda Vialli Chempionlar ligasini qo‘lga kiritadi.
Fikrlar