Futbol cho‘ntagingizda: TECNO Spark 30 Pro bilan o‘yinlarni tomosha qiling

  • 5 iyun, 13:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Muhim o‘yin, ammo yaqin atrofda televizor yo‘q: TECNO Spark 30 Pro futbol ishqibozini qanday qutqaradi?
Har bir haqiqiy muxlis biladi: futbol shunchaki o‘yin emas. Bu ehtiros, hayajon, mo‘’jizani kutish. Stadiondan yuzlab kilometr uzoqda bo‘lganingizda ham o‘yin ritmida yashaysiz. Ammo eng muhim o‘yin boshlangan-u, siz uyda, televizor hatto noutbuk oldida ham emassiz! Endi o‘yinni qanday tomosha qilasiz?
Ana shunday vaziyatda oddiy smartfon emas, balki istalgan joyni haqiqiy tribunaga aylantira oladigan qurilma — TECNO Spark 30 Pro yordamga keladi. 



Qaerda bo‘lsangiz ham to‘liq mavjudlik effekti 
Sekin ishlovchi videolar va loyqa tasvirlarni unuting. TECNO Spark 30 Pro 120 Gts yangilanish tezligi va 6,6 dyuymli katta IPS ekrani bilan har bir kadrni tiniq, silliq va real ko‘rsatadi. Dribling, pas, gol — barchasini eng mayda detallarigacha ko‘rishingiz mumkin. Eng muhimi — ikki soatlik qizg‘in o‘yindan so‘ng ham ko‘zlar charchamaydi, ekran esa miltillamaydi.
Dala hovlida, yo‘lda yoki safarda bo‘lishiga qaramasdan o‘yinning biror bir lahzani o‘tkazib yuborishni istamaydigan muxlis shunday ekranga ega bo‘lishi kerak.
Oddiy smartfon emas — ishonchli hamroh
Zamonaviy hayotda biz doimo harakatdamiz, ko‘pincha o‘yinlarni yo‘lda tomosha qilamiz. Bu esa akkumulyator quvvatining ishonchliligini juda muhim qiladi. TECNO Spark 30 Pro 5000 mA/soat sig‘imli batareyaga ega bo‘lib, sizga kun bo‘yi zaryadsiz foydalanish imkonini beradi. Agar zaryadlash zarurati tug‘ilsa, 33 Vatt tezkor quvvatlash funktsiyasi atigi 30 daqiqada batareyani 50%gacha to‘ldiradi. Taymlar orasidagi tanaffusda ham uni bemalol quvvatlab olishingiz mumkin.
Bu smartfonning ayniqsa, namlikdan himoya qilish va changga chidamliligi xursand qiladi. Agar to‘saddan yomg‘ir yog‘sa yoki smartfon tasodifan suv tomchilari ostida qolsa, u hech narsa bo‘lmagandek ishlashda davom etadi. Futbol ishqibozlari uchun bu ajoyib imkoniyat!



Tomosha va ijod uchun birdek qulay

Futbol blogini yuritmoqchimisiz? Yoki gollarga munosabat bildirishni xohlaysizmi? Marhamat — 108 MP kamera har qanday hissiyot va tafsilotni a’lo darajada etkazadi. Surat va videolar deyarli professional darajadek chiqadi.

Bunga qo‘shimcha ravishda, 256 GB ichki xotira va 16 GB gacha RAM (8 GB + 8 GB virtual) orqali siz barcha ilova, video va o‘yinlarni hech qanday kechikishlarsiz yuklab olishingiz va foydalanishingiz mumkin.
Sifatga yarasha hamyonbop narx

Bunday xususiyatlarga ega smartfon juda qimmat bo‘lishi kerak, deb o‘ylaysizmi? Aslo unday emas. TECNO Spark 30 Pro flagman darajasidagi texnik imkoniyatlarni o‘rta narx segmentida taklif etadi. Bu smartfon nafaqat o‘zingiz uchun, balki do‘stingiz, o‘quvchingiz yoki hamkasbingiz uchun ham ajoyib sovg‘a bo‘la oladi — ayniqsa u ham siz kabi futbol ishqibozi bo‘lsa.

Futbol — bu “keyinga” qoldirib bo‘lmaydigan lahzadir

TECNO Spark 30 Pro sizni sevimli o‘yinlaringizga doimo siz bilan. Bu ishonchli, kuchli, bardoshli va ayni paytda hamyonbop tanlov. Bu smartfon bilan siz birorta ham golni o‘tkazib yubormaysiz va doimo aloqada bo‘lasiz!

Kim biladi, balki bir kun kelib jamoangizning finaldagi g‘alabasini aynan shu smartfonda tomosha qilarsiz?

Batafsil: https://www.tecno-mobile.com/uz/

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!