"Fulxem" ajoyib natijalar qayd etib, chempionship g‘olibiga aylandi

CHERY AUTO

"Fulxem" "Lyuton" jamoasini 7:0 hisobida mag‘lub etgach, rasman Chempionship g‘olibiga aylandi. Klub ayni paytda 90 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda, 2-pog‘onadagi "Bornmut" esa 82 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. 

Tecno

Shu tariqa, londonliklar so‘nggi ikki turda mag‘lub bo‘lsa ham, amalda turnirdagi o‘rniga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi. Qayd etish lozim, Marku Silva shogirdlari hozirga qadar o‘tkazilgan 45 bellashuvda 27 g‘alaba, 9 durang va 9 mag‘lubiyat qayd etgan.

Shuningdek, klub chempionshipda eng ko‘p gol urgan, eng ko‘p aniq zarba yo‘llagan va eng ko‘p xavfli vaziyat yaratgan jamoa bo‘lib turibdi. Jamoada to‘plar nisbati - 106:39.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!