
Frimpong: "Jamoam bilan ko‘proq sovrin yutmoqchiman"
"Liverpul"ning yangi futbolchisi Jeremi Frimpong klubdagi maqsadlari haqida gapirdi:
"Qaerda bo‘lmang, har doim sovrinlar yutganman. Liga ham, Kubok ham. Har doim shunday bo‘lgan. Buni davom ettirmoqchiman va “Liverpul” bilan ham sovrin yutmoqchiman. Mening maqsadim – mersisaydliklar bilan imkonim boricha ko‘proq sovrinlarga ega chiqish" — dedi niderlandiyalik futbolchi klub matbuot xizmatiga.
Eslatib o‘tamiz, Frimpong "Bayer"dan "Liverpul"ga o‘tdi va 2030 yilning o‘rtasigacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. U o‘tgan Bundesliga mavsumida 33 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta gol va 5 ta assist qayd etdi.
Fikrlar